«Manchester City» futbolchisi «Everton»ga o'tishi mumkin
Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
"Manchester City" tayanch yarim himoyachisi Kelvin Phillips boshqa ingliz klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, futbolchining transferiga "Everton" klubi qiziqish bildirmoqda. 29 yoshli futbolchining transferi qishki transferlar davrida rasmiylashtirilishi mumkin.
"Irislar" Kelvinni ijaraga olishga tayyor. Yarim himoyachining "Manchester City" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor narxini 12 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist