\"Manchester City\" futbolchilari Husanovning to‘yiga kelmadi
27-may kuni O‘zbekiston milliy jamoasi va "Manchester City" klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Internetda tantanadan ilk videolar ham paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, to‘yda ingliz klubi futbolchilari ishtirok etmagan.
Bu munosabat bilan murabbiy va futbol mutaxassisi Sergey Abdurahimov fikr bildirib, shaxsiy hayotidagi yangiliklarga qaramay, Husanov futbolga jiddiy yondashishda davom etayotganini ta’kidlagan:
«U o‘zini yulduz deb bilmaydi, maqtovlarga berilmaydi. Oila qurish — katta qadam, ammo Kodirda ham milliy jamoda, ham klubda o‘z o‘yinini saqlab qolishga iroda yetarli», — degan Abdurahimov.
Abduqodir Husanov — O‘zbekiston terma jamoasi va "Manchester City" klubi markaziy himoyachisi. U 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgan.