locale OZ

\"Manchester City\" Eze va Wharton transferi uchun 140 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester City" Eze va Wharton transferi uchun 140 mln yevro sarflashga tayyor
Photo: Getty Images

“Manchester City” yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shmoqchi.

Fijaches xabariga ko‘ra, “shaharliklar”ning asosiy nishoni “Crystal Palace”ning ikki futbolchisi bo‘lmoqda.

Xususan, yarim himoyachilar Eberechi Eze va Adam Whartonga qiziqish bildirilyapti. Potensial transferlarning umumiy qiymati 140 million yevroga yetishi mumkin.

"Burgutlar" yarim himoyachilari Kevin De Bruyne va Rodrining uzoq muddatli vorislari bo‘lishi mumkin. Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Ezening narxini 55 million yevroga, 21 yoshli Whartonning narxini esa 35 million yevroga baholashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester City” 35-turdan so‘ng APL turnir jadvalida 3-o‘rinda, “Crystal Palace” esa 12-o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting