locale OZ

«Manchester City» Erling Hollandga narx belgiladi

Unga "Barselona" jiddiy qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Erling Hollandga narx belgiladi
ФОТО: Getty images

"Barselona" klubi Angliyaning "Manchester City" jamoasida to‘p surayotgan norvegiyalik hujumchi Erling Hollandga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta jamoani kuchaytirishni xohlamoqda. Ularning asosiy nishoni 24 yoshli Holland bo‘lib, hozirda uni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Norvegiyalik forvardning transfer narxi taxminan 125 million yevroga baholangan. Biroq, "shaharliklar" Erlingni 250 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Joriy mavsum Holland barcha turnirlar doirasida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting