locale OZ

«Manchester City» Akliush uchun 80 mln yevro to'lashga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Akliush uchun 80 mln yevro to'lashga tayyor
Photo: Getty Images

"Manchester City" klubi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" Fransiyaning "Monako" jamoasida to'p surayotgan 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi Magnes Akliushni xarid qilishni maqsad qilgan.

Fransuz nashrlariga ko'ra, "Monako" Akliush uchun 70–80 million yevro atrofida talab qilmoqda. "Manchester City" esa bu summani to'lashga tayyor ekanini bildirgan.

Magnes Akliush o'tgan mavsum "Monako" safida 43 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting