Manba: Ten Hag «Vulverxempton» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
«Bo‘rilar» avvalroq Vitor Pereyrani lavozimidan ozod etgandi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag faoliyatini «Vulverxempton»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, klub rahbariyati bir nechta nomzodlarni koʻrib chiqmoqda. Ular orasida Brenden Rojers, Ole-Gunnar Sulsher, Stiven Jerrard, Frenk Lempard va Serxiu Konseysau ham bor.
Eslatib oʻtamiz, «bo‘rilar» avvalroq Vitor Pereyrani lavozimidan ozod etgandi.
Maʼlumot uchun, «Vulverxempton» joriy mavsum APLda 10-turdan soʻng 2 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 20-o‘rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist