locale OZ

Manba: Spaletti «Yuventus» bilan kelishuvga erishdi

Bitimning toʻliq rasmiylashtirilishi 29 oktyabr kuni yakunlanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Spaletti «Yuventus» bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Luchano Spaletti Turinning «Yuventus» klubini boshqarishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 66 yoshli murabbiy «zebralar» bilan 2026 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma boʻyicha kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, shartnomada jamoa Chempionlar ligasiga yoʻllanma olsa, uni yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud. Bitimning toʻliq rasmiylashtirilishi 29 oktyabr kuni yakunlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Spalettining soʻnggi ish joyi Italiya milliy jamoasi boʻlib, u bu jamoani 2023 yilning sentyabridan 2025 yilning iyuniga qadar boshqargan. Shuningdek, mutaxassis avvalroq «Napoli», «Inter» va «Roma» klublarida ham faoliyat yuritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting