Manba: “Real” Rodrigoni 100 million yevroga sotishi mumkin
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi hujumchi Rodrigoni yozgi transferlar vaqtida 90-100 million yevroga qo'yib yuborishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchiga “Arsenal”, “Liverpul” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq bu jamoalarning hozircha “Real” rahbariyatiga Rodrigo bo'yicha hech qanday taklif bilan chiqmagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 24 yoshli vingerga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham qiziqish bildirayotgandi.
Ma'lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist