locale OZ

Manba: “Real Madrid” Raul Asensio bilan shartnomani uzaytiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: “Real Madrid” Raul Asensio bilan shartnomani uzaytiradi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi Raul Asensio bilan bilan shartnomani 2029-yilga qadar uzaytiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Asensio “qirollik klubi” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum asosiy jamoa safida jami 35 ta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli markaziy himoyachining “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting