Manba: Mourino — «Real» bosh murabbiyi
Mourinoning "Real" bosh murabbiyi sifatida rasman e'lon qilinishi kelasi haftada amalga oshiriladi.
ФОТО: Getty images
Madridning "Real" klubi Joze Mourinoni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘rtasida kelishuv to‘liq yakunlangan. Bu haqda insayder Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mourinoning "Real" bosh murabbiyi sifatida rasman e'lon qilinishi kelasi haftada amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino ilgari 2010–2013 yillarda "Real"ni boshqargan. Madridlik klub bilan u Ispaniya chempionatida g‘oliblikni, shuningdek, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritgan. Hozirda mutaxassis Lissabonning "Benfika" jamoasida ishlamoqda va nashrlar xabar berishicha, klub Joze Mourinoni "Real"ga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist