Manba: Mark Gehi kelasi yilda «Kristal Pelas»ni tark etadi
Oʻtgan yozda unga «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirgandi.
FOTO: Getty Images
«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner jamoa sardori Mark Gehi kelasi yozda klubni tark etishini maʼlum qildi. Himoyachining London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
«Mark bizga yangi shartnoma imzolamasligini va kelasi yilda ketishini aytdi. Klub uni saqlab qolmoqchi edi, hatto yangi shartnoma ham taklif qilindi. Ammo u: «Yo'q, men boshqacha yoʻlni sinab koʻrmoqchiman», dedi. Bu tabiiy. Endi biz uchun eng muhim narsa — vaziyatni toʻgʻri baholab, keyingi bosqichni belgilash», — dedi Glasner.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yozda «Liverpul» Gehiga jiddiy qiziqish bildirgan edi. Oʻsha paytda Glasner asosiy himoyachisini transfer oynasining soʻnggi kunlarida sotishga keskin qarshi chiqqandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist