locale OZ

Manba: Joze Mourinyo uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Joze Mourinyo uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
FOTO: A SPOR

Turkiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo'mitasi “Fenerbaxche” bosh murabbiyi Joze Mourinyoni 3 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda insayder Yag'iz Sabunchuog'lu xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Turkiya kubogi chorak finalida “Galatasaroy”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) portugaliyalik mutaxassis raqib jamoa murabbiyi Okan Burukning burniga hujum qilgandi.

Turkiya tartib-intizom qo'mitasi Burukning ushbu vaziyatdagi xatti-harakatlarini provokatsion deb topilgani uchun Mourinyoga nisbatan yengilroq jazo qo'llashga qaror qildi.

Ma'lumot uchun, “Galatasaroy” Turkiya Superligasining 28-turidan so'ng 72 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Mourinyo boshqaruvidagi “Fenerbaxche” esa 27 o'yindan so'ng 65 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting