locale OZ

“Man. Yunayted” Reshfordni “Real”ga taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Man. Yunayted” Reshfordni “Real”ga taklif qildi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Real”ga 27 yoshli hujumchi Markus Reshfordni sotib olishni taklif qildi. Bu haqda Defense Central nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” angliyalik futbolchini sotishdan 40 million yevro ishlab olmoqchi. Ispan grandi haqiqatdan ham sof hujumchi qidirmoqda, biroq Reshford ularga to'g'ri kelmaydi, chunki “Real” Xoseluga o'xshash forvard bilan shartnoma imzolamoqchi.

Ta'kidlanishicha, MYU bosh murabbiyi Ruben Amorim 27 yoshli hujumchini o'z rejalariga kiritmagan, shu sababdan u sotuvga qo'yilgan. “Barselona” Reshfordga qiziqish bildirgan, biroq uning transferi uchun 40 million yevro to'lashga tayyor emas.

Ma'lumot uchun, Reshford o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Aston Villa”da o'tkazdi. Angliyalik forvard Birmingem klubi safida 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting