locale OZ

«Man Siti»ning sobiq bosh murabbiyi «MYU»ni boshqarishi mumkin

Hozirda Ruben Amorimning kursisi qimirlab qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti»ning sobiq bosh murabbiyi «MYU»ni boshqarishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini «Manchester Yunayted»ni boshqarish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis Ruben Amorim isteʼfoga chiqarilgan taqdirda, uning oʻrnini egallashga tayyor.

Xabarda aytilishicha, Manchini va «MYU»ning hammuassisi Jim Rettkliff ikkalasi ham Fransiyaning janubida istiqomat qilishadi va turli tadbirlarda bir necha bor uchrashishgan.

Eslatib oʻtamiz, Roberto Manchini 2009—2013 yillar davomida «Man Siti»ni boshqargan edi. Uning qoʻl ostida «shaharliklar» 2012 yilda Angliya Premyer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting