«Man Siti» zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar tomonidan kiritilgan gollar soni boʻyicha APLda eng yomon natija qayd etib turibdi
Squawka portali ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» joriy mavsumda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar tomonidan kiritilgan gollar soni bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida oxirgi o‘rinni egallab turibdi. Hozirga qadar «shaharliklar» bu borada atigi bitta gol urishga muvaffaq bo‘lishgan.
Londonning «Arsenal» klubi esa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ligada yaqqol yetakchi bo‘lib turibdi — «kanonirlar» zaxira o‘yinchilari yordamida 11 ta gol kiritishgan.
14 mart kuni bo‘lib o‘tgan Angliya chempionatining 30-tur uchrashuvida «Manchester Siti» «Vest Hem» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. «Arsenal» esa «Everton» ustidan qozonilgan g‘alabada zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning hissasidan unumli foydalandi.
Xususan, hujumchi Viktor Gyokeres 89-daqiqada, 16 yoshli yarimhimoyachi Maks Doumen esa 90+7-daqiqada darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etishdi.
Ayni damda «Arsenal» 20 ta o‘yindan so‘ng 70 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» esa to‘qqiz ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda, biroq «shaharliklar»da bitta o‘yin zaxirada mavjud.