locale OZ

«Man Siti» va «Chelsi» Maykl Olise uchun kurashga qoʻshildi

APL grandlari fransiyalik iqtidor uchun katta mablagʻ sarflashga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» va «Chelsi» Maykl Olise uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise Angliya Premyer-ligasi grandlari e’tiboriga tushdi. «Manchester Siti» va «Chelsi» futbolchini yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

APLning ikki grandi fransiyalik iqtidor uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Olise «Bavariya»ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblansa-da, 150 million yevro miqdoridagi taklif Myunxen klubini ushbu transfer bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur qilishi mumkin.

Hozirda Olisening haftalik maoshi taxminan 220 ming yevroni tashkil etadi. Biroq, ingliz klublari hujumkor yulduzni o‘z safiga jalb qilish uchun uning maoshini haftasiga 350 ming yevrogacha oshirishga tayyor. Vingerning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 130 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting