locale OZ

«Man Siti» va «Chelsi» Chempionlar Ligasida ingliz klublari uchun antirekord oʻrnatdi

Har ikkala jamoa ham 1/8 finalning dastlabki oʻyinlarida yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» va «Chelsi» Chempionlar Ligasida ingliz klublari uchun antirekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» va «Chelsi» klublarining 11 mart kuni UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvlaridagi yirik mag‘lubiyati turnir tarixida antirekord sifatida qayd etildi.

OptaJoe statistik portalining ma’lum qilishicha, Yevropa chempionlari kubogi va Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor Angliyaning ikki klubi bir kunda uchta va undan ko‘p to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalning dastlabki bahslarida «PSJ» jamoasi «Chelsi»ni 5:2 hisobida taslim etdi. «Manchester Siti» esa Madridda «Real» klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvlari 17 mart kuniga rejalashtirilgan. Joriy mavsumning hal qiluvchi uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting