«Man Siti» va «Bavariya» Kubarsiga qiziqish bildirmoqda
Kataloniyaning «Barselona» klubi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi bir qator nomdor jamoalar e’tiboriga tushdi. Caught Offside nashrining xabar berishicha, «Manchester Siti», «Chelsi», «Arsenal» va «Bavariya» 19 yoshli futbolchining holatini kuzatib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, hozircha klublar va futbolchi o‘rtasida rasmiy yoki norasmiy aloqalar o‘rnatilmagan, biroq yaqin orada muzokaralar boshlanishi ehtimoli mavjud. Qayd etish joizki, iqtidorli himoyachining amaldagi shartnomasida 500 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.
Joriy mavsumda Kubarsi barcha turnirlar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi. Futbolchining «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar davom etadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati ayni damda 80 million yevroni tashkil qilmoqda.