«Man Siti» va «Bavariya» «Feyenoord»ning 19 yoshli himoyachiga qiziqish bildirmoqda
«Feyenoord»ning o‘ng qanot himoyachisi Jivayro Rida bilan bir vaqtning o‘zida Yevropaning bir nechta top-klublari qiziqmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli niderlandiyalik futbolchini «Bavariya» allaqachon o‘z safida ko‘rishni istamoqda — myunxenliklar Rotterdam klubi bilan dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazib ulgurgan. Shuningdek, «Manchester Siti» ham Ridani 2026 yil uchun o‘ng qanotni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.
Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi «Feyenoord» safida barcha musobaqalar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.
Ridaning niderland klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.