locale OZ

«Man Siti» Semenyo bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

«Shaharliklar» 25 yoshli futbolchi uchun 65 million funt sterling toʻlashga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» Semenyo bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» «Bornmut» vingeri Antuan Semenyo transferini yakunlash arafasida turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Hozirda tomonlar transfer bilan bog‘liq barcha rasmiy jarayonlarni yakunlamoqda. Bitimning rasmiy tasdig‘i va yakunlanish muddatiga oid tafsilotlar yaqin sutkalar ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Joriy mavsum APLda 25 yoshli futbolchi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Avvalroq xabar qilingandek, «shaharliklar» Semenyo uchun bonuslar va agentlik to‘lovlarini inobatga olgan holda qariyb 65 million funt sterling to‘lashga tayyor. «Manchester Siti» ushbu summani uch yil davomida to‘lashni rejalashtirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting