locale OZ

«Man Siti» Savio bilan shartnomani uzaytirdi

Braziliyalik futbolchi 2024 yildan beri jamoada o‘ynamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Man Siti" Savio bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Манчестер Сити

Savio "Manchester Siti" bilan mehnat shartnomasini uzaytirdi.

Yangi kelishuv 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu haqda klub o‘z manbalarida yozmoqda.

Braziliyalik futbolchi 2024 yilda ingliz jamoasiga o‘tgan va shu vaqt ichida "shaharliklar" safida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

"Manchester Siti" Angliya chempionatining joriy mavsumida oltita uchrashuv o‘tkazib, uchtasida g‘alaba qozongan va ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan, bittasida durang qayd etilgan. Klub 10 ochko bilan APL jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting