locale OZ

«Man Siti» Rodriga yangi shartnoma taklif qildi

Rodrining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Man Siti" Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" jamoasi yarim himoyachisi Rodriga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif berdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar qildi.

Angliya klubi futbolchiga moliyaviy jihatdan juda jiddiy shartlar asosida yangi kelishuv taklif qilgan.

Agar ispaniyalik futbolchi ingliz klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, klub uni yozda qimmatroq narxda sotib yuboradi.

Ma'lumot uchun, Rodrining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting