locale OZ

«Man Siti» qiziqish bildirayotgan toʻrt nafar futbolchi nomi maʼlum boʻldi

«Shaharliklar» yozgi transferlar vaqtida bir nechta chiziqlarni kuchaytirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» qiziqish bildirayotgan toʻrt nafar futbolchi nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» klubi «Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Elliot Andersonni sotib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ta’kidlanishicha, angliyalik futbolchining potensial transfer bahosi «sezilarli darajada yuqori» bo‘ladi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqdalar. Jamoaning potensial yangi o‘yinchilari ro‘yxatidan «RB Leypsig» qanot hujumchisi Yan Diomond va «Bornmut» forvardi Eli Krupi o‘rin olgan.

Shuningdek, «Manchester Siti» o‘ng qanot himoyasi pozitsiyasini mustahkamlash haqida ham o‘ylamoqda. Shu munosabat bilan, ingliz klubi «Feyenoord» futbolchisi Jivayro Ridning o‘sishini kuzatishda davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting