locale OZ

«Man Siti» qishki transferlar vaqtida «Bornmut» hujumchisini xarid qilmoqchi

«Shaharliklar» ushbu xarid uchun 74 million yevro toʻlashi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» qishki transferlar vaqtida «Bornmut» hujumchisini xarid qilmoqchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» qishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. The Times nashrining yozishicha, «shaharliklar» yanvar oyida «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyoni sotib olish variantini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» Gana milliy jamoasi vingerining shartnomasida belgilangan sotib olish opsiyasini faollashtirishi mumkin. Bunday holda, klub futbolchi uchun qariyb 74 million yevro to‘laydi.

Semenyo 2023 yilning yanvaridan beri «Bornmut» safida to‘p surmoqda. Bungacha u Angliya Premer-ligasiga «Bristol Siti»dan 10,25 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda forvard 12 ta chempionat o‘yinida maydonga tushib, olti gol va uchta golli uzatma qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting