«Man Siti» qishda ikki futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin
«Manchester Siti» klubi yanvar oyidagi transfer oynasi arafasida himoyachi Riko Lyuis bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bunga futbolchining jamoada tutayotgan o‘rni borasidagi noaniqlik sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, qishki transferlar davrida «shaharliklar» safini tark etishi mumkin bo‘lgan yana bir futbolchi — hujumchi Oskar Bobb ham bor. Hozirda 22 yoshli futbolchining jamoada qolishi masalasi ochiq qolmoqda.
Norvegiyalik vingerga «Kristal Pelas» qiziqish bildirmoqda va londonliklar uni ijaraga olish yoki to‘liq transferni amalga oshirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Riko Lyuis barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Oskar Bobb esa 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta assist qayd etgan.