locale OZ

\"Man Siti\" Puma bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Man Siti" Puma bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Imagesdi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Puma bilan hamkorlikni davom ettiradi.

“Shaharliklar” ushbu brend kompaniya liboslarini 2019/20 yilgi mavsumdan beri kiyib kelishmoqda.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, yangi bitim 2034/35 yilgi mavsumgacha mo‘ljallangan.

Shartnomaga ko‘ra, “Manchester Siti” har yili 100 million funt oladi. Bu — APL tarixida texnik hamkorlar doirasidagi eng yirik moliyaviy kelishuvdir.

Yangi mavsumdan boshlab Angliya Premer-ligasi ham ushbu kompaniya to‘plaridan foydalanishini e’lon qilgandi. Bungacha liga Nike firmasining to‘plaridan foydalangan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting