locale OZ

«Man Siti» muxlislari «Real»ga qarshi oʻyin paytida Trentga nisbatan haqoratli soʻzlar aytishdi

Ikki oʻyin natijasiga koʻra Madrid klubi chorak finalga yoʻl oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» muxlislari «Real»ga qarshi oʻyin paytida Trentga nisbatan haqoratli soʻzlar aytishdi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasidan oʻrin olgan «Manchester Siti» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi vaqtida mezbon muxlislar mehmonlar himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldga nisbatan haqoratli hayqiriqlar ishlatishdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «shaharliklar» ishqibozlari «Liverpul»ning sobiq a’zosiga qarata «Sen skauzer vishshagisan!» (You're a Scouse bastard!) deya hayqirishgan. Trent «Liverpul» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2016 yildan buyon Mersisayd klubining asosiy jamoasida to‘p surib kelgan va faqat 2025 yilga kelibgina «Real» safiga borib qo‘shilgan edi.

Uchrashuvning yakuniy natijasiga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi gollarga «Real»dan Vinisius Junior (dubl), «Manchester Siti»dan esa Erling Holand mualliflik qildi. Shuningdek, uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar sardori Bernardu Silva qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Madriddagi birinchi o‘yinda qayd etilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan birgalikda, «qirollik klubi» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:1 hisobida ustun keldi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting