locale OZ

«Man Siti» Livramento transferiga Traffordni ham qoʻshib berishga tayyor

O‘z navbatida, «Nyukasl» ham 23 yoshli posbonga qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» Livramento transferiga Traffordni ham qoʻshib berishga tayyor
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» «Nyukasl»ning o‘ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoga qiziqishini saqlab qolmoqda. «Shaharliklar» 23 yoshli futbolchini kelayotgan qishki transfer oynasida qo‘lga kiritishga urinishlari mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» Livramento transferi uchun nafaqat pul, balki darvozabon Jeyms Traffordni ham bitimga qo‘shishga tayyor. «Nyukasl» esa 23 yoshli posbon bilan jiddiy qiziqmoqda — klub avvalroq Traffordning vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.

Trafford o‘tgan yozda «Siti» safiga qo‘shilgan, biroq Janluiji Donnarumma bilan raqobatda asosiy tarkib uchun kurashni yuta olmagan. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 450 daqiqa maydonda bo‘lgan.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, darvozabonning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting