«Man Siti» ketma-ket 13 oʻyindan beri «Chelsi»ga yutqazmayapti
Soʻnggi bor londonliklar 2020/2021 yilda YChL finalida «shaharliklar»ni magʻlub etgandi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 20-turi doirasida «Chelsi» bilan durang o‘ynadi. Manchesterda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, «shaharliklar» ketma-ket 13 uchrashuvdirki, «Chelsi»ga yutqazmay kelmoqda — 8 ta g‘alaba va 5 ta durang.
«Manchester Siti»ning «Chelsi»dan so‘nggi mag‘lubiyati 2020/2021 yilgi Chempionlar ligasi finaliga to‘g‘ri keladi. O‘shanda londonliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Hozirda «Manchester Siti» 42 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa yetakchi «Arsenal»dan 6 ochko ortda qolmoqda.
Navbatdagi turda «shaharliklar» 7 yanvar kuni o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist