locale OZ

«Man Siti» «Jirona» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda

26 yoshli futbolchining tovon puli 20 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» «Jirona» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» klubi «Jirona» hamda Marokash terma jamoasi yarimhimoyachisi Azzedin Unai xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini Madridning «Atletiko» klubi ham kuzatib bormoqda. O‘yinchining shartnomasida 20 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Joriy mavsumda Unai barcha turnirlar doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting