locale OZ

«Man Siti» — JCh-2026'ga futbolchi yetkazib berish boʻyicha yetakchi

«Shaharliklar»ning jami 19 nafar aʼzosi terma jamoasi bilan mundialda ishtirok etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» — JCh-2026'ga futbolchi yetkazib berish boʻyicha yetakchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» 2026 yilgi jahon chempionatiga eng koʻp futbolchisi chaqirilgan klubga aylandi. «Shaharliklar» tarkibidan turnirda 12 ta terma jamoa sharafini himoya qiladigan 19 nafar futbolchi ishtirok etadi.

Jahon chempionatiga eng koʻp oʻyinchi yuborgan klublarning kuchli beshligi quyidagicha koʻrinish olgan:

  1. «Manchester Siti» — 19 ta oʻyinchi, 12 ta terma jamoa;
  2. «Bavariya» — 18 ta oʻyinchi, 10 ta terma jamoa;
  3. «Arsenal» — 16 ta oʻyinchi, 10 ta terma jamoa;
  4. «PSJ» — 16 ta oʻyinchi, 9 ta terma jamoa;
  5. «Barselona» — 15 ta oʻyinchi, 8 ta terma jamoa.

Madridning «Real» klubi esa 9 ta terma jamoaga 10 nafar futbolchisini joʻnatgan holda 13-oʻrindan joy oldi.

Futbol boʻyicha jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar uchta mamlakat — AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi. Bu birdaniga uchta davlat mezbonlik qiladigan dastlabki chempionat hisoblanadi. Turnirda jami 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting