locale OZ

«Man Siti» Husanovga jiddiy raqobatchi olib kelmoqchi

Hozirda «shaharliklar»ning ikki nafar markaziy himoyachisi jarohat olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» Husanovga jiddiy raqobatchi olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» qishki transfer oynasida «Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Mark Gehini tarkibga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqayotgan klublar safiga qo‘shildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Angliya amaldagi chempionlarining bunday qiziqishi jamoa himoya chizig‘idagi jiddiy kadrlar muammolari fonida yuzaga keldi. 4 yanvar kuni «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (1:1) «shaharliklar»ning asosiy markaziy himoyachilari — Yosko Gvardiol va Ruben Diash jarohat oldi. Bundan tashqari, jamoaning yana bir himoyachisi Jon Stouns ham anchadan beri jarohatlar sabab safdan chiqqan.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» rahbariyati hozircha shoshilinch qaror qabul qilmoqchi emas. Klub avvalo Gvardiol va Diashning sog‘lig‘i bo‘yicha yakuniy tibbiy xulosalarni kutib, shundan keyingina Gehi transferi borasida aniq qadamlar tashlashni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Gvardiolning jarohati jiddiy ekani allaqachon ma’lum bo‘ldi. Xorvatiyalik futbolchida boldir suyagi sinishi aniqlangan va uni jarrohlik amaliyoti kutmoqda.

Mark Gehining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Agar himoyachi kelishuvni uzaytirmasa, u klubni tekinga tark etishi mumkin. Bu holat Yevropaning bir qator grand klublari — «Bavariya», «Real», «Barselona», «Inter», «Atletiko» va «Liverpul» e’tiborini tortmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting