locale OZ

«Man Siti» Foden bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Fodenning amaldagi bitimi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» Foden bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda jurnalist Pol Hurst xabar berdi.

Fodenning amaldagi bitimi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Biroq "shaharliklar" rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisi bilan hamkorlikni davom ettirishga qat’iy qaror qilgan.

Qayd etilishicha, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Klubda so‘nggi yillarda ma’lum pasayishni boshdan kechirayotgan futbolchini to‘liq qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Ushbu mavsum Fil Xosep Gvardiola jamoasi safida 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting