«Man Siti» «Bayer»ning jazoirlik yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Leverkuzenliklar esa 20 yoshli xavbekni jamoada saqlab qolmoqchi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» klubi «Bayer» hamda Jazoir terma jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Ibrahima Mazaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ma’lum qildi.
Manbaning xabariga ko‘ra, hozircha klublar o‘rtasida rasmiy aloqalar o‘rnatilmagan. «Dorishunoslar» 20 yoshli xavbekni o‘z safida saqlab qolish niyatida.
Joriy mavsumda Maza barcha turnirlar doirasida 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 6 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist