locale OZ

«Man Siti», «Arsenal» va «Real» Germaniya milliy jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

22 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi yorqin oʻyinlari Yevropaning grand jamoalari eʼtiborini tortdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti», «Arsenal» va «Real» Germaniya milliy jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti», «Arsenal» va «Real Madrid» Germaniya milliy jamoasi hamda «Ayntraxt» klubi chap qanot himoyachisi Nataniyel Braunga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, 22 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi yorqin oʻyinlari Yevropaning bir qator klublari eʼtiborini tortgan. Shu jumladan «Milan» ham Braun atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Jurnalist Florian Plottenbergning yozishicha, «Ayntraxt» rahbariyati himoyachini qoʻyib yuborish evaziga kamida 60 million yevro talab qilmoqchi.

Maʼlumot uchun, Braun joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting