locale OZ

«Man Siti» Antuan Semenyo uchun kurashga qoʻshildi

Ganalik futbolchiga, shuningdek, «MYU», «Liverpul» va «Tottenhem» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» Antuan Semenyo uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

«Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyo qishki transferlar vaqtida bir necha top-klublardan rasmiy taklif olishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli ganalik forvardga «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Tottenhem» hali ham jiddiy qiziqmoqda. Shuningdek, «Manchester Siti» ham Semenyoni xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Semenyo joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan o‘zini ko‘rsatdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting