«Man Siti» Abduqodir Husanovga raqobatchi olib kelmoqchi
«Shaharliklar» himoyaning oʻng qanotini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» «Nyukasl»ning o‘ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ben Jeykobsning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, 23 yoshli ingliz futbolchisi «shaharliklar»ning kelasi yozgi transfer oynasi uchun qisqa short-listidan oʻrin olgan.
Ma’lum qilinishicha, «Manchester Yunayted» ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda, biroq hozircha «qizil iblislar» tomonidan aniq harakatlar qayd etilmagan.
Livramentoning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha davom etadi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholagan. Joriy mavsumda himoyachi 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma qayd etdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist