locale OZ

Mamardashvili toʻrt haftaga safdan chiqdi

«Liverpul» darvozaboni «Everton»ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mamardashvili toʻrt haftaga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» darvozaboni Georgiy Mamardashvili Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasidagi «Everton»ga qarshi bahsda (2:1) olgan jarohati sababli to‘rt haftagacha maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jurnalist Gregg Evans xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi allaqachon shifoxonadan javob olgan, biroq kamida ikki hafta davomida o‘yinlarda qatnasha olmaydi. Mavsum yakunida mersisaydliklarning asosiy darvozaboni vazifasini jamoaning nominal uchinchi posboni Freddi Vudman bajaradi.

Alisson Bekkerning jarohatidan so‘ng safga qaytishi esa 3 may kuni bo‘lib o‘tadigan APL 35-turi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinga kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting