Malkom faoliyatini BAAda davom ettirishga yaqin
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi vingeri Malkom faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveira ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Abu Dabining "Al-Jazira" klubi 28 yoshli braziliyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Malkom ehtimoliy transferga rozilik bildirgan.
Qayd etilishicha, "Al-Jazira" futbolchiga bir yillik shartnoma va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini taklif qilgan. Shuningdek, unga yiliga 6,5 million yevro maosh to'lash rejalashtirilgan.
Biroq tomonlar hozircha yakuniy kelishuvga erisha olmagan. Bunga sabab "Al-Jazira" Malkomning "Al-Hilol"da olayotgan yuqori maoshini to'lashga tayyor emasligi hisoblanadi. Shunga qaramay, muzokaralar davom etmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni klubi rahbariyati Malkom jamoaning kelgusi rejalarga kirmasligi sababli u bilan amaldagi shartnomani bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.