locale OZ

Malik Fofana “Arsenal”ga emas, “Sanderlend”ga o‘tishga yaqin

Avvalroq Fofanaga Londonning “Arsenal” klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Malik Fofana “Arsenal”ga emas, “Sanderlend”ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

“Lion”ning belgiyalik qanot hujumchisi Malik Fofana faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga yaqin. Jurnalist Santi Auna ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi “Sanderlend” bilan kelishuvga erishgan.

“Lion” va “Sanderlend” ham transfer bo‘yicha kelishib olgan. Manbalarga ko‘ra, ingliz klubi Fofana uchun 30 million yevro va bonuslar to‘laydi. Umumiy summa qariyb 35 million yevroga yetishi mumkin. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Avvalroq Fofanaga Londonning “Arsenal” klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq “Arsenal” transferni yakunlamadi va “Sanderlend” vaziyatdan foydalanib, “Lion” bilan kelishuvga erishdi.

Ma’lumot uchun, Malik Fofana joriy mavsum barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 21 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting