locale OZ

Maldini: «Italiya futboli tennisdan o‘rganadigan narsalar bor»

Maldini o‘z vatandoshi va dunyo reytingi yetakchisi Jannik Sinnerning rossiyalik sportchi Andrey Rublyovga qarshi o‘yinini kuzatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maldini: "Italiya futboli tennisdan o‘rganadigan narsalar bor"
ФОТО: Getty images

"Milan" afsonasi Paolo Maldini Rimda tashkil etilgan tennis musobaqasini tomosha qilish uchun tashrif buyurib, diqqat markaziga tushdi. Maldini o‘z vatandoshi va dunyo reytingi yetakchisi Jannik Sinnerning rossiyalik sportchi Andrey Rublyovga qarshi o‘yinini kuzatdi.

«Futbol tennisdan nimani o‘rganishi mumkin? Barcha ishlarni rejalashtirishni futbol aynan tennisdan o‘rganishga arziydi. Tennisda reja asosida shunday ishlar qilinadiki, bu narsa aynan futbolda yetishmayapti. Meningcha, birinchi raketka italiyalik bo‘lishi qiziqishni oshiradi, lekin dunyo reytingidagi top-100da ko‘plab italiyaliklar borligi shunchaki tasodif emas», - deya Maldini so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sempre Milan.

Shuningdek, Maldini o‘zining kelajagi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi va "izohsiz" so‘zlari bilan cheklandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting