locale OZ

Malcom qishda Yevropaga qaytishi mumkin

"Al-Hilol" va hujumchi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil yozida yakunlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Malcom qishda Yevropaga qaytishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Al-Hilol"ning braziliyalik hujumchisi Malcom Yevropaga yo'l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, hozircha nomi oshkor qilinmayotgan klub vakillari 28 yoshli futbolchining transferi uchun 25 million yevro taklif qilgan. Kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin.

Malcom ham faoliyatini Yevropada davom ettirishga qarshi emas.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida 3 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. "Al-Hilol" va hujumchi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil yozida yakunlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting