locale OZ

Malayziyaning “Johor” klubi jahon rekordini o‘rnatdi

Yangi mavsumning ilk turida “Johor” “Kuching Siti”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Malayziyaning “Johor” klubi jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: Getty Images

Malayziyaning “Johor Darul Ta’zim” klubi milliy chempionatda ketma-ket eng ko‘p mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 109 ta uchrashuvga yetdi.

Yangi mavsumning ilk turida “Johor” “Kuching Siti”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Markos Gilerm, Oskar Arribas va Shahab Zahedi mualliflik qildi. Shu tariqa klub chempionatdagi tarixiy seriyasini davom ettirdi.

“Johor Darul Ta’zim” avvalgi rekord egasi — Kot-d’Ivuarning “ASEK Mimozas” klubini ortda qoldirdi. Afrika klubi 1989–1994-yillar oralig‘ida milliy chempionatda ketma-ket 108 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan edi. “Johor” o‘tgan mavsumning so‘nggi bahsida ushbu ko‘rsatkichni takrorlagan, endi esa uni yangiladi.

Ma’lumot uchun, “Johor Darul Ta’zim” Malayziya chempionatida 2021-yil aprelidan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Jamoa so‘nggi to‘rtta mavsumni birorta ham mag‘lubiyatsiz yakunlagan va ayni paytda ketma-ket 13-chempionlik sari kurashmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting