locale OZ

Malasia «MYU» sport direktorining harakatlaridan keskin nozori boʻldi

Futbolchining «Beshiktosh»ga transferi barbod boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Malasia «MYU» sport direktorining harakatlaridan keskin nozori boʻldi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» himoyachisi Tirell Malasia klub sport direktori Jeyson Uilkoksning harakatlaridan keskin norozi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, aynan Uilkoks 26 yoshli niderlandiyalik futbolchining qishki transfer oynasida jamoani tark etishiga to‘sqinlik qilgan.

talkSPORT ma’lumotlariga ko‘ra, transfer oynasining so‘nggi kunida futbolchi «Beshiktosh»ga o‘tishni yakunlash uchun Turkiyaga uchadigan samolyotga chiqishiga sanoqli daqiqalar qolgan edi. Biroq Uilkoks jarayonga aralashib, transferni to‘xtatgan va himoyachiga «Manchester Yunayted»da qolishni buyurgan.

Malasia joriy mavsumda deyarli o‘yin amaliyotisiz qolmoqda. U Angliya Premyer-ligasida bor-yo‘g‘i bitta uchrashuvda maydonga tushib, unda ham atigi ikki daqiqa harakat qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting