locale OZ

“Malaga” murabbiyi “Real”ga qarshi o‘yindagi hakamlikdan norozi bo‘ldi

Uchrashuvni Xuan Martines Munuera boshqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Malaga” murabbiyi “Real”ga qarshi o‘yindagi hakamlikdan norozi bo‘ldi
Foto: Getty Images

“Malaga” bosh murabbiyi Xuan Funes La Liganing 3-turida “Real Madrid”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi hakamlikni tanqid qildi. Madridda o‘tgan bahsda “Malaga” 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Funesning fikricha, hakamlar “Real” futbolchilariga nisbatan qoida buzilishlarini juda tez qayd etgan, “Malaga” futbolchilariga qarshi ishlatilgan qo‘polliklarda esa bunday munosabat kuzatilmagan. U bu holatdan keskin noroziligini bildirdi.

Uchrashuvni Xuan Martines Munuera boshqardi. “Real” dastlabki 30 daqiqaning o‘zidayoq uchta gol urdi va yakunda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, uch turdan so‘ng “Malaga” bir ochko bilan La Liga turnir jadvalining quyi pog‘onalarida bormoqda. “Real Madrid” esa uchta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko jamg‘argan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting