locale OZ

“Malaga” Antoni Marsyalni o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Fransiyalik hujumchi avvalroq “Sevilya” safida to‘p surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Malaga” Antoni Marsyalni o'z safiga qo'shib olishi mumkin
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. 30 yoshli fransiyalik futbolchiga “Malaga” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Matteo Moretto ma’lum qildi.

Marsyal La Ligada o‘ynash tajribasiga ega. Fransiyalik hujumchi avvalroq “Sevilya” safida to‘p surgan. Endilikda “Malaga” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun futbolchini o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Marsyalning so‘nggi klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasi bo‘ldi. U o‘tgan mavsum Meksika chempionatida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani qayd etdi.

Ma’lumot uchun, “Malaga” La Liganing dastlabki to‘rt turidan so‘ng 2 ochko jamg‘arib, quyi pog‘onalarda bormoqda. Klub mavsum startidagi qiyinchiliklardan so‘ng tarkibni kuchaytirish variantlarini izlamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting