MakTominayga Angliyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda
Italiyaning “Napoli” klubi yarim himoyachisi Skott MakTominay faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Shotlandiyalik futbolchiga Angliyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va “Aston Villa” klublari da’vogarlik qilmoqda. MakTominay kelasi yozda Italiyani tark etishi mumkin. Bunga uning “Napoli” bilan yangi shartnoma imzolash ehtimoli pastligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Shotlandiyalik yarim himoyachining Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Hozircha uning transferi bo‘yicha rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Skott MakTominay Italiyaga ko‘chib o‘tishidan avval 20 yildan ortiq vaqt davomida “Manchester Yunayted” tizimida faoliyat yuritgan. Transfermarkt portali 29 yoshli futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.