locale OZ

Maktominay yurakdagi muolajadan so‘ng “Napoli” mashg‘ulotlariga qaytdi

29 yoshli futbolchida avvalroq yengil va xavfsiz aritmiya aniqlangan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maktominay yurakdagi muolajadan so‘ng “Napoli” mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images

“Napoli” yarim himoyachisi Skott Maktominay yurakdagi muolajadan so‘ng klub mashg‘ulotlariga qaytdi. Shotlandiyalik futbolchi SSC Napoli Training Center’da individual dastur asosida sport zalida shug‘ullandi. Bu haqda “Napoli” rasmiy sayti ma’lum qildi.

29 yoshli futbolchida avvalroq yengil va xavfsiz aritmiya aniqlangan edi. Shu sabab Maktominay 8-sentabr kuni Manchesterda ablatsiya muolajasidan o‘tdi. Klub operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini va futbolchiga taxminan ikki haftalik dam belgilanganini bildirgan edi.

Maktominay hozircha umumiy guruh bilan emas, alohida dastur bo‘yicha shug‘ullanmoqda. Uning holati bosqichma-bosqich kuzatib boriladi va futbolchini imkon qadar ehtiyotkorlik bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytarish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Maktominay sog‘lig‘idagi muammo sabab “Napoli”ning so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi. Klub uning 10-oktabr kuni “Frozinone”ga qarshi bahsga qadar safga qaytishiga umid qilmoqda, biroq aniq qaytish sanasi hozircha tasdiqlanmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting