locale OZ

Maktominay APLga qaytishni xohlamoqda

U Neapolda maydon tashqarisidagi hayot tarzidan mamnun emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maktominay APLga qaytishni xohlamoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Skott Maktominay Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Shotlandiyalik futbolchi 2024 yil yozida Tumanli Albionni tark etib, Italiyaning "Napoli" jamoasiga o'tgan edi.

Hozirda 28 yoshli futbolchi Neapolda maydon tashqarisidagi hayot tarzidan mamnun emas va shu bois Angliyaga qaytish haqida o'ylamoqda.

Joriy mavsumda Maktominay barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Transfermarkt ekspertlariga ko'ra, yarim himoyachining bozor qiymati 50 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting