locale OZ

Maksim Shatskix: «Transfer oynasi yopilgunicha 2-3 nafar yangi o‘yinchi olamiz»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: «Transfer oynasi yopilgunicha 2-3 nafar yangi o‘yinchi olamiz»
Photo: Andijan PFK

“Andijon” – “Eskhata” (4:2) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng "Burgutlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix klub matbuot xizmati savollariga javob berdi.

- Maksim Aleksandrovich, o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Umuman olganda, yaxshi. Yig‘in davomida yigitlarga yaxshigina jismoniy yuklama bermoqdamiz. Shu sabab birinchi sparring raqib bilan o‘yin normal bo‘ldi. 45 daqiqadan ikkala taymda o‘ynagan futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi.

- Uchrashuvda maydonda harakat qilgan yangi o‘yinchilarning harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Bitta o‘yindan keyin fikr aytish qiyin. Hamma yangi o‘yinchilarimiz o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishmoqda, o‘yinlaridan qoniqish hosil qildim.

- Seleksiya borasida yana transferlar bo‘ladimi?

- Albatta, tarkibni kuchaytirishda davom etamiz. Bir qancha pozitsiyalarimizni kuchaytirish talab etmoqda. Transfer oynasi yopilguniga qadar 2-3 nafar yangi o‘yinchi olamiz", - deya Shatskixning so‘zlaridan keltiradi klub matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting